add

Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik tadbirkorni jazoladi

Bugun 14:554561

U boshqaradigan Farg‘ona kimyo zavodi Rossiyaning qurol ishlab chiqarish zavodlariga xomashyo yetkazib bergani aytilmoqda.

Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik tadbirkorni jazoladi

Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni 19-sanksiyalar paketiga kiritdi. Brusselning rasmiy bayonotiga ko‘ra, Mo‘minov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lib, uning biznes faoliyati Rossiya harbiy-sanoat sohasini bilvosita qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lum qilinishicha, Mo‘minov Farg‘ona kimyo zavodini nazorat qiladi. Korxona paxta sellyulozasi ishlab chiqaradi va yillik quvvati 30 ming tonnaga yetgan. Tayyor mahsulotning 90 foizi eksportga yo‘naltiriladi. Yevropa Ittifoqi ushbu korxona mahsuloti Rossiyaning Perm va Qozon qurol ishlab chiqarish zavodlariga yetkazilgani va harbiy qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda qo‘llanganini ta’kidlamoqda.

Orginfo ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda Farg‘ona kimyo zavodi to‘liq Mercury Renaissance kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Uning 60 foizi Rustam Mo‘minov, qolgan 40 foizi esa Shaxriyor Tojiyev tomonidan nazorat qilingan.

2025 yil bahorida Ukraina ham o‘z sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, Mercury Renaissance, Farg‘ona kimyo zavodi va Raw Materials Cellulose kompaniyalarini cheklovlar ostiga olgan edi. Prezident Vladimir Zelenskiy shuningdek, Rustam Mo‘minovning o‘ziga nisbatan ham shaxsiy sanksiyalar joriy qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Yevropa Ittifoqi o‘zbekistonlik tadbirkorni jazoladi | Vaqt.uz