add

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan to‘rt rejimda sanksiya joriy qiladi

17.05.2025 | 10:303773

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi tarixdagi eng yirik sanksiyalar to‘plamini tayyorlamoqda. 20 may kuni YeI Tashqi ishlar kengashi to‘rt xil rejimda 130 dan ortiq sanksiyani tasdiqlashi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan to‘rt rejimda sanksiya joriy qiladi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi bir vaqtda to‘rtta alohida sanksiya rejimini qo‘llashni rejalashtirmoqda: Ukrainadagi urush, inson huquqlari buzilishi, gibrid urush va kimyoviy qurollardan foydalanish. Bu haqda 16 may kuni Bryusseldagi brifingda YeIning yuqori martabali rasmiysi ma’lum qildi. Sanksiyalarning 17-paketi doirasida Ukrainadagi agressiya uchun Rossiyaga nisbatan yana 75 shaxs va 200 ta «xufyona flot»ga tegishli kemalar sanksiya ro‘yxatiga qo‘shiladi. Umumiy ro‘yxatdagi jismoniy va yuridik shaxslar soni 2500 tadan, kemalar esa 300 tadan oshib ketadi. Gibrid faoliyatga qarshi sanksiyalar doirasida 27 shaxs va kompaniyaga nisbatan alohida cheklovlar hamda tarmoqli choralar ko‘zda tutilgan. Inson huquqlarining buzilishi uchun joriy etiladigan global sanksiyalar ro‘yxatiga yana 28 shaxs va tashkilot qo‘shiladi. Shuningdek, YeI Rossiyaning Ukrainada ommaviy noroziliklarni bostirish uchun kimyoviy moddalardan foydalanishi munosabati bilan alohida sanksiyalar qo‘llashni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, sanksiyalarning 18-to‘plami ham tayyorlanmoqda. Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenga ko‘ra, unda «Shimoliy oqim» gaz quvurlari, xufyona flot kemalari, neft narxiga o‘rnatilgan chegara va moliya sektorini qamrab oluvchi yangi cheklovlar bo‘ladi.    

Teglar

Mavzuga oid

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan to‘rt rejimda sanksiya joriy qiladi | Vaqt.uz