add

Yevropa Ittifoqi Ukraina tovarlariga qayta boj joriy qilmoqchi

15.05.2025 | 08:5031763

Yevropa Ittifoqi 2025 yil 5 iyundan boshlab Ukraina mahsulotlariga nisbatan bojxona imtiyozlarini bekor qilishga tayyorlanmoqda.

Yevropa Ittifoqi Ukraina tovarlariga qayta boj joriy qilmoqchi
Bu imtiyozlar 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan keng ko‘lamli harbiy harakatlaridan so‘ng, Kiyev iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan edi. Ular Ukrainadan agrosanoat mahsulotlarini Yevroittifoq bozoriga bojsiz va kvotasiz olib kirish imkonini bergan. Yevropa Komissiyasi ma’lum qilishicha, ushbu imtiyozlar muddati tugagach, Ukraina bilan 2014 yilda imzolangan shartnomaga qaytish yoki uni yangilash rejalashtirilmoqda. Agar yangi kelishuv tayyor bo‘lmasa, YeI ma’lum muddat o‘tish davrini taklif qilmoqda. Yevropa fermerlari Ukrainadan arzon mahsulotlar oqimi sababli norozilik bildirmoqda. Bu, ayniqsa, tovuq go‘shti, shakar va tuxum kabi mahsulotlarga taalluqli. YeI bu mahsulotlar importi 2021–2023 yillar orasidagi o‘rtacha miqdordan oshsa, "favqulodda to‘xtatish" mexanizmlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Ukraina Moliya vaziri Yevropa Ittifoqi bilan imtiyozlarni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq, Yevropa Komissiyasi hozircha bu imtiyozlarni uzaytirishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. YeI Ukrainadan mahsulotlar sifati va standartlarini Yevropa talablariga moslashtirishni talab qilmoqda. Yevroittifof Ukraina uchun eng yirik savdo hamkori bo‘lib, Ukraina YeIning agrosanoat mahsulotlari bo‘yicha uchinchi yirik ta’minlovchisidir. Biroq, bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi Ukraina iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.    

Teglar

Mavzuga oid

Yevropa Ittifoqi Ukraina tovarlariga qayta boj joriy qilmoqchi | Vaqt.uz