add

Yevropa Ittifoqi Visa va Mastercard’ga nisbatan monopoliya tergovini boshladi

26.05.2025 | 14:008274

Yevropa Komissiyasi Visa va Mastercard kompaniyalarining to‘lov bozoridagi ustun pozitsiyalaridan foydalanish holatini o‘rganish maqsadida monopoliyaga qarshi tekshiruv boshladi. Ularni yillik global daromadlarining 10% gacha jarima kutmoqda.

Yevropa Ittifoqi Visa va Mastercard’ga nisbatan monopoliya tergovini boshladi
Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Visa va Mastercard to‘lov tizimlariga nisbatan monopoliyaga qarshi dastlabki surishtiruvni boshladi. Yevropa Komissiyasi ushbu kompaniyalarning «sxematik to‘lovlar» shiddatli va shubhali tarzda oshishi, savdo nuqtalari va banklar uchun haqiqiy foyda darajasi, hamda ushbu to‘lov tizimlarini qabul qilishdagi majburiyat masalalarini o‘rganmoqda. Agar tekshiruv natijasida Visa va Mastercard o‘z ustunligidan suiiste’mol qilgani tasdiqlansa, Yevropa Ittifoqi tomonidan ularga yillik jahon miqyosidagi daromadlarining 10% gacha jarima solinishi mumkin. Yevropa Komissiyasi bu ish yuzasidan rasmiy izoh bermagan, biroq o‘z vakolati doirasida axborot yig‘ishga haqli ekanini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu surishtiruv avvalgi vakolatli harakatlar davomidir. 2019 yilda Mastercard kompaniyasi Yevropa Ittifoqi hududidagi cheklovlar tufayli 570 million yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi. U holatda kompaniya chakana sotuvchilarga boshqa Yevropa mamlakatlaridagi banklardan foydalanish imkonini cheklagan. bugungi kunda Visa va Mastercard Yevropa bozoridagi barcha karta orqali to‘lovlarning taxminan uchdan ikki qismini nazorat qiladi. Bu esa boshqa raqobatchilar uchun bozorga kirishni ancha murakkablashtiradi. Reuters’ning yozishicha, Yevropaning yirik chakana savdo tarmoqlari va onlayn platformalari allaqachon Komissiyaga arz qilib, to‘lov tuzilmalariga cheklov kiritishni talab qilishgan. Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard esa aprel oyida YeIning chet el to‘lov platformalariga qaramligini kamaytirish va raqamli yevroni joriy etish jarayonini jadallashtirish zarurligini ta’kidlagan. Visa va Mastercard o‘z navbatida komissiya to‘lovlari xavfsizlik, soxtakorlikka qarshi kurash va to‘lov infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini qoplashini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid