
Yevropa JCH–2026ni boykot qilishni muhokama qilmoqda
Grenlandiya atrofidagi siyosiy ziddiyatlar AQSHda o‘tadigan jahon chempionati taqdiriga ham soya soldi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari 2026 yilning 11-iyunidan 19-iyuligacha AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatini boykot qilish g‘oyasi muhokama qilinmoqda. Turnir. Bu haqda «The Economist» nashrida xabar qilmoqda.
Nashr jurnalisti Shashank Yoshining yozishicha, Brusseldagi muhit «qat’iy, hatto qo‘zg‘alon tusi»ni olgan. Uning ta’kidlashicha, ayrim doiralarda CHM–2026ni boykot qilish 1980 yilda AQSH tomonidan Moskva Olimpiadasi boykot qilingan holatni eslatmoqda.
Hammasiga sababchi — Tramp
Boykot ehtimolini Germaniyada ham ochiq muhokama qilishmoqda. Bundestagdagi XDI/XSI blokining tashqi siyosat bo‘yicha spikeri Yurgen Hardt bu variantni istisno qilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam faqat «eng so‘nggi chora» sifatida ko‘rib chiqiladi va AQSH prezidentini Grenlandiya masalasidagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur etishga qaratilgan.
Hardt «Bild» nashriga bergan intervyusida turnirni bekor qilish yoki unda ishtirok etmaslik siyosiy bosim vositasi ekanini ta’kidladi. Bu bayonotlar Yevropa mamlakatlaridagi umumiy kayfiyatni yanada ochiq ko‘rsatib berdi.
Muxlislar ham norozi
Inqiroz AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish haqidagi bayonotlari ortidan keskinlashdi. Orol rasman Daniyaning avtonom hududi hisoblanadi. Tramp esa Grenlandiyani Rossiya va Xitoy flotlari «qurshab olgani»ni iddao qilib, uni AQSH mudofaasi uchun «muhim hudud» deb atagan.
Bu paytda jamoatchilik reaksiyasi ham kuchaymoqda. Yaqinda Roya News xabar berishicha, AQSH siyosatiga norozilik sifatida qariyb 17 ming nafar muxlis jahon chempionati chiptalarini qaytarib topshirgan. Agar siyosiy keskinlik pasaymasa, JCH–2026 ilk bor sport emas, geosiyosat markaziga aylanishi mumkin.





