add

Yevropa ma’qulmi yo Osiyo: Qozog‘istonlik muxlislar FIFA reytingidan o‘rnidan norozi

15.07.2025 | 09:0014692

FIFAning yangilangan reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 55-o‘ringa ko‘tarildi va Osiyodagi yetakchi termalardan biriga aylandi. Bu holat Qozog‘iston futbol muxlislari orasida tanqidlarga sabab bo‘ldi — ular o‘z jamoalari O‘zbekistondan ancha ortda qolayotganidan norozi.

Yevropa ma’qulmi yo Osiyo: Qozog‘istonlik muxlislar FIFA reytingidan o‘rnidan norozi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan e’lon qilingan yangilangan reytingda O‘zbekiston milliy jamoasi ikki pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 55-o‘rinni egalladi. Bu natija bilan milliy jamoa Osiyo mintaqasidagi 6-o‘rinda turibdi. O‘zbekistonning qo‘shnisi — Qozog‘iston terma jamoasi esa reytingda bir pog‘ona pasayib, 114-o‘ringa tushdi. Bu o‘rinlar Madagaskar (115) va Viyetnam (113) kabi jamoalar bilan bir qatorda turishini anglatadi. Qozog‘istonlik futbol ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z terma jamoasining holatidan qattiq norozi bo‘lib, Qozog‘iston futbol tizimida tub islohotlar zarurligini ta’kidlamoqda. Avvalroq qozoq jamoatchiligida O‘zbekistonning futboldagi yutuqlari UEFAda emas, OFKda o‘ynayotgani tufayli ekani ta’kidlangandi. Ular Osiyo mintaqasida raqobat darajasi pastroq ekanini urg‘ulagan. Biroq so‘nggi reyting natijalari O‘zbekistonning futbol sohasidagi barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid