
Yevropa maydonlarida o‘zbek shamoli: Muhammadali «Antverpen»ni tanladi!
20.06.2025 | 21:2031692
O‘z vaqtida «Brentford»da tajriba orttirgan Muhammadali O‘rinboyev endi Belgiyaning 5 karra chempioni — «Antverpen» klubi safida to‘p surishi mumkin.

O‘zbekiston futbolining navbatdagi yosh iste’dodi Yevropa sari yo‘l olyapti. «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Muhammadali O‘rinboyev yaqin kunlarda Belgiyaning mashhur «Antverpen» jamoasi safiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, 20 yoshli futbolchi Belgiya klubi bilan kelishuvga erishgan. Futbolchi ayni damda viza masalasi hal bo‘lishini kutmoqda. U Fransiya orqali Belgiyaga yo‘l oladi. Bu transfer nafaqat futbolchining shaxsiy faoliyatida, balki butun O‘zbekiston futbolining Yevropadagi nufuzi uchun ham muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda O‘rinboyev «Paxtakor» safida 14 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.
Shuningdek, futbolchi avvalroq Angliyaning «Brentford B» jamoasida ham faoliyat yuritgan.
«Antverpen» — Belgiyaning ko‘p karra chempioni va Yevropa musobaqalarida muntazam ishtirok etuvchi jamoa hisoblanadi.





