add

Yevropa Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy zarba tayyorlayapti: SWIFT, neft va gazga cheklovlar kutilmoqda

26.05.2025 | 08:0237783

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini muhokama qilmoqda. Yangi chora-tadbirlar qatorida 20 dan ortiq rus bankini SWIFT tizimidan uzish, neft narxiga cheklovni pasaytirish va «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri qurilishini taqiqlash kabi jiddiy choralar bor.

Yevropa Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy zarba tayyorlayapti: SWIFT, neft va gazga cheklovlar kutilmoqda
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Yevrokomissiya YeI a’zosi bo‘lgan davlatlar bilan maslahatlashuvlarni boshlab yuborgan, ammo qaror qabul qilish muddati hali aniq emas. Shuningdek, 2,5 mlrd yevroga teng savdo cheklovlari hamda urushni qo‘llab-quvvatlovchi moliya tashkilotlariga qarshi sanksiyalar ham muhokamada. Yangi paket doirasida G7 davlatlariga rus neft narxini 60 dollardan 45 dollarg‘a tushirish taklifi berilmoqda. Bu chora AQSH roziligini talab qiladi. Bu masala Kanadadagi G7 uchrashuvida muhokama qilingan, ammo kelishuvga erishilmagan. Shu bilan birga, Yevropa Rossiyaning «xufiyona floti» va sanksiyalarni chetlab o‘tayotgan kompaniyalarga nisbatan cheklovlar qo‘yishni ham ko‘rib chiqmoqda. Bryusselda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) bilan operatsiyalarni taqiqlash ham muhokamada. RFPI bosh direktori Kirill Dmitriyev Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralarida Kreml nomidan qatnashmoqda. RFPI allaqachon AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Ukraina tomonidan sanksiyaga tushgan. YeI esa endi Yevropa kompaniyalarini Rossiya tomonidan investitsiya kelishuvlari asosida berilgan da’volardan himoya qilish maqsadida huquqiy mexanizmlar joriy etishni ko‘zlamoqda. Ushbu sanksiyalar paketi orqali Bryussel Moskvaga moliyaviy va texnologik bosimni yanada kuchaytirishni maqsad qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid