add

Yevropa Rossiyaga yordam berayotgan davlatlarga ham sanksiya qo‘llashga tayyor

28.08.2025 | 09:3025163

Yevropa Ittifoqi ilk bor ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Cheklovlar Rossiyaga yordam berayotgan davlatlarga qarshi joriy etiladi.

Yevropa Rossiyaga yordam berayotgan davlatlarga ham sanksiya qo‘llashga tayyor
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plami doirasida ilk bor ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, YeI tashqi ishlar vazirlari shu hafta oxirida Kopenhagenda yig‘ilib, bu boradagi rejalarni muhokama qiladi. Yangi sanksiyalar, xususan, Rossiyaga amalda yordam berayotgan uchinchi davlatlarga qarshi yo‘naltiriladi. Gap sanksiyalarni aylanib o‘tishda vositachi bo‘layotgan davlatlar haqida ketmoqda. Yevropa Ittifoqi bunday holatlarni «majburlashga qarshi kurash vositasi» orqali cheklashni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, YeI Rossiyaga yordam beruvchi davlatlarga ayrim tovarlar eksportini taqiqlashi mumkin bo‘ladi. Bloomberg manbalari qayd etishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketi doirasida nafaqat uchinchi davlatlarga, balki Rossiyaning neft-gaz va moliya sektorlariga nisbatan ham yangi cheklovlar ko‘zda tutilmoqda. Ular orasida Rossiya fondlari va banklariga qarshi sanksiyalar, ayniqsa, «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» bo‘yicha barcha operatsiyalarni to‘liq taqiqlash kabi choralar allaqachon qo‘llangan. Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning 19-paketini sentyabrga qadar qabul qilishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, 18-paket 18 nafar shaxs va 41 yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalarni o‘z ichiga olgan edi. Shuningdek, u Rossiya xomashyosida tayyorlangan neft mahsulotlariga, Hindistondagi «Vadinar» neft zavodiga va Rossiya tijorat banklariga qarshi cheklovlarni qamrab olgan.

Teglar

Mavzuga oid