
Yevropa Xitoyning arzon tovarlari «chiqindixonasi»ga aylanishi mumkin
18.05.2025 | 16:0234842
Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo urushi Yevropa bozorini arzon tovarlar «chiqindixonasi»ga aylantirishi mumkin. Xususan, Xitoyning Yevropa bilan savdo profitsiti rekord darajaga yetdi.

Joriy yilning ilk to‘rt oyida Xitoyning Yevropa Ittifoqi bilan savdo profitsiti 90 mlrd dollardan oshdi. AQSH bilan tarif urushidan keyin xitoylik eksportchilar tovarlarni Lotin Amerikasi va Janubi-Sharqiy Osiyo orqali Yevropaga yubormoqda.
Yevro hozircha yuanga nisbatan mustahkam turibdi, bu esa xitoycha tovarlarni yanada arzonlashtirmoqda. Ayni paytda, Xitoy kompaniyalari qiymat zanjirida yuqorilab, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni siqib chiqarmoqda.
Avtomobil bozorida esa Xitoy Germaniya bilan savdoda 2024 yilda 12 mlrd dollar profitsit qayd etdi. Yevropaning Xitoyga avtomobil eksporti kamaymoqda, Xitoy avtoeksporti esa barqaror o‘sishda davom etmoqda.
Shu bois Yevropa hukumatlari himoyachi choralarni joriy etishga tayyorlanmoqda. Tariflar, texnik to‘siqlar va davlat yordamini kuchaytirish kabi choralar muhokamada.
Agar bu jarayon davom etsa, Yevropa arzon mahsulotlar oqimi tufayli ichki sanoatiga katta zarba yetishi mumkin.





