add

Yevropadan prezidentlar tashrifi, Samarqandda UNESCO konferensiyasi — Prezidentning ish rejasi

27.10.2025 | 13:555962

Hafta ichida O‘zbekistonda bir qator muhim xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Prezident matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasini e’lon qildi.

Yevropadan prezidentlar tashrifi, Samarqandda UNESCO konferensiyasi — Prezidentning ish rejasi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ish haftasi muhim siyosiy, iqtisodiy va xalqaro voqealarga boy bo‘ladi.

Bugun, 27 oktyabr kuni davlat rahbari joriy yilda iqtisodiyotda kutilgan natijalar va 2026 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilishda iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyatsiya va investitsiya siyosati bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi yarmida Sh.Mirziyoyev AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.

Suhbat chog‘ida iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy barqarorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu hafta O‘zbekiston ilk bor Parijdan tashqarida o‘tkazilayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda. Prezident Mirziyoyev Samarqanddagi ochilish marosimida ishtirok etib, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suradi. Uning doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham belgilangan.

Bundan tashqari, joriy hafta mamlakatimizga Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy tashrif bilan keladi. Safarlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyot, savdo, sanoat va investitsiya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar muhokama etiladi.

Teglar

Mavzuga oid