add

Yevropaning besh davlati bolalar uchun TikTok va YouTube’ni taqiqlashni taklif qildi

07.06.2025 | 14:0050123

Fransiya, Gretsiya, Daniya, Sloveniya va Kipr rasmiylari 15 yoshdan kichik bolalarga TikTok, YouTube, Instagram kabi ommabop ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklash taklifini ilgari surdi. Ular bu tashabbus orqali bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishni maqsad qilgan.

Yevropaning besh davlati bolalar uchun TikTok va YouTube’ni taqiqlashni taklif qildi
Deutsche Welle yozishicha, Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqining raqamli texnologiyalar bo‘yicha vazirlar uchrashuvida Fransiya tomonidan platformalarni majburiy tarzda ota-onalar ruxsatini talab qilishga majbur qiluvchi qonun taklif qilindi. Fransiyada shunday qonun ikki yil oldin qabul qilingan, ammo u hali Yevroittifoq tasdig‘idan o‘tmagan. Hozirgi amaliyotda Yevropada bolalar o‘z tug‘ilgan sanasini o‘zgartirish orqali 13 yoshdan boshlab ruxsat etilgan TikTok, Instagram, Snapchat va X tarmoqlariga, hamda 16 yoshgacha cheklangan YouTube va Tumblr’ga osonlikcha kirib ketishmoqda. Fransiyaning raqamli rivojlanish vaziri Klara Shappaz ma’lum qilishicha, Yevropada bolalar ijtimoiy tarmoqlardan o‘rtacha 7–8 yoshdan foydalanishni boshlashadi. Tashabbuskorlar fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda nafrat tili, bulling va pornografiya kabi tahdidlar mavjud. Shuningdek, smartfonlar va internetga orttiqcha tobelik bolalarda xavotirli holatlar, depressiya, hamda tanqidiy fikrlash qobiliyati pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu masalani hal etish uchun Yevropa Komissiyasi yoshni aniqlashga xizmat qiluvchi maxsus dasturiy ilovani yaratishni rejalashtirmoqda. Ushbu ilova orqali ijtimoiy tarmoqlarga foydalanuvchi kamida belgilangan yoshga yetgan-yetmaganini aniqlash imkoni bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid