add

Yil boshidan beri aholining umumiy daromadlari 825 trln so‘mdan oshdi

28.10.2025 | 13:005161

2025 yilning 9 oyi mobaynida aholining umumiy va jon boshiga daromadlari ma’lum qilindi.

Yil boshidan beri aholining umumiy daromadlari 825 trln so‘mdan oshdi

2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida aholining umumiy daromadlari 825,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,4 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar–sentyabr holatiga ko‘ra, aholi jon boshiga umumiy daromadlar 21,8 mln so‘m bo‘lib, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 116,1 foizni va real o‘sish sur’ati esa 106,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha Toshkent shahrida 52 mln 29,6 ming so‘m bilan eng yuqori ko‘rsatkich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 mln 843 ming so‘m bilan eng past ko‘rsatkich qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid

Yil boshidan beri aholining umumiy daromadlari 825 trln so‘mdan oshdi | Vaqt.uz