add

Yoaxim Lyov rafiqasi sabab O‘zbekistonga kelmaydigan bo‘ldi

13.08.2025 | 20:459293

2014 yilda Germaniya terma jamoasini jahon chempioni qilgan mashhur murabbiy Yoaxim Lyov rafiqasining fikri bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilish taklifini rad etdi.

Yoaxim Lyov rafiqasi sabab O‘zbekistonga kelmaydigan bo‘ldi
2014 yilda Germaniya terma jamoasini jahon chempionligiga olib chiqqan nemis mutaxassisi Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilish taklifini rad etdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi. Qayd etilishichap, Lyov O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi vakillari bilan onlayn muzokaralar olib borgan. U taklifni bir necha kun mobaynida o‘ylab ko‘rgan, biroq pirovardida rad etgan. Buning sabablaridan biri rafiqasi Daniella Shmidning fikri bo‘lgan. U boshqa mamlakatga ish uchun ko‘chib ketgandan ko‘ra, nafaqada osoyishta hayotlarini davom ettirishni ma’qul ko‘rgan. 65 yoshli Lyov 2021 yil mart oyida Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etganidan buyon birorta klub yoki milliy jamoani boshqarmagan. 2014 yilda u FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan edi. Ilgari xabar qilinganidek, Yoaxim Lyovning professional futbolga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi: uni 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi yoki maslahatchisi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqqan edilar.

Teglar

Mavzuga oid

Yoaxim Lyov rafiqasi sabab O‘zbekistonga kelmaydigan bo‘ldi | Vaqt.uz