Yonilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz tushumlar hajmi ma’lum qilindi

Bugun 12:251 daqiqa

2026-yil 1–2-aprel kunlari yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi naqdsiz hisob-kitob tizimida bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar ustunlik qildi.

Yonilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz tushumlar hajmi ma’lum qilindi © habr.com

Markaziy bank 1–2-aprel holatiga ko‘ra, yonilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz tushumlar hajmi va to‘lov usullari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Mart oyida o‘rtacha kunlik tushum 102,6 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 58,1 foizi naqd, 41,9 foizi esa naqdsiz shaklda amalga oshirilgan.

Aprel oyining dastlabki ikki kunida esa tushumlar sezilarli darajada oshgan. Jumladan, 1-aprel kuni 93,2 milliard so‘m, 2-aprel kuni esa 152,6 milliard so‘m tushum qayd etilgan.

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, naqdsiz tushumlarning qariyb 90 foizi amaldagi bank kartalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa aholi o‘rtasida plastik kartalardan foydalanish darajasi yuqori ekanini hamda raqamli to‘lovlarga ishonch ortib borayotganini ko‘rsatadi.

photo_2026-04-07_11-47-05

manba: markaziy bank

Naqdsiz to‘lov usullari kesimida:

QR kodlar orqali to‘lovlar:

— 1-aprel: 8,2 mlrd so‘m;

— 2-aprel: 7,7 mlrd so‘m;

Moment kartalar orqali:

— 1-aprel: 1,6 mlrd so‘m;

— 2-aprel: 3,6 mlrd so‘m (keskin o‘sish);

yoqilg‘i kartalar orqali:

— 1-aprel: 2,4 mlrd so‘m;

— 2-aprel: 2,5 mlrd so‘m;

Mavjud bank kartalari orqali:

— 1-aprel: 80,9 mlrd so‘m;

— 2-aprel: 138,6 mlrd so‘m.

Teglar

Mavzuga oid