
Yoshlar kamaymoqda, pensionerlar ko‘paymoqda: dunyoda qarish tezligi oshdi
Yangi demografik tadqiqotlar dunyo aholisi tarixda ilgari kuzatilmagan sur’atda qarib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu jarayon hattoki Turkiyada ham kuzatilmoqda.

Dunyo miqyosida qarish tezroq kechmoqda. Ayrim davlatlarda ishga layoqatli aholi soni qisqarayotgan, yoshi kattalar soni esa ortib borayotgan bir paytda, bu o‘zgarishlar mehnat bozori, davlat xarajatlari va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish imkoniyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi demografik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlar tug‘ilish darajasi pasayishi va inson umri uzayayotgani sababli «eng tez qariyotgan jamiyatlaryu safidan joy olmoqda. Ushbu global o‘zgarish pensionerlar ulushi oshib, yoshlar soni qisqarayotganini tasdiqlaydi.
Dunyo bo‘yicha eng tez qariyotgan 30 mamlakat ro‘yxatida Yaponiya birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyin Portugaliya, Finlandiya, Italiya va Gretsiya kabi Yevropa mamlakatlari joy oldi. Germaniya 6-o‘rinda, AQSH 27-o‘rinda qayd etilgan.
Turkiya ro‘yxatdagi yetakchi 30likka kirmagan bo‘lsa-da, qarish sur’ati yuqori: 65 yosh va undan katta aholi soni so‘nggi 5 yilda 20,7 foizga oshdi va 2024 yil holatiga ko‘ra 9 mln 112 ming kishini tashkil qilmoqda. Yoshi kattalar aholining umumiy ulushida 10,6 foizga yetgan.
Bu demografik dinamika Turkiyaning mehnat bozori, ijtimoiy ta’minot tizimi va pensiya xarajatlari yuzasidan yaqin kelajakda strategik yechimlar qabul qilishi zarurligini ko‘rsatadi.





