add

Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qo‘lga olindi

14.07.2025 | 10:4032192

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi «Zardeks» dori vositalarini noqonuniy saqlash va tarqatish bilan shug‘ullangan fuqaro qo‘lga olindi. Ushbu moddalar, asosan yoshlar o‘rtasida tarqalib, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi yo‘naltirilgan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Yangihayot tumanidagi ijara uyida ushlandi. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan ko‘rik davomida, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16 249 dona «Zardeks» dori vositasi topildi. Ushbu preparat tarkibidagi «Pregabalin» moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 818-son qaroriga asosan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi bu dori vositalarini Sergeli tumanidagi xufiya joydan olgan va so‘ngra mijozlarga tarqatishi kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng narkosavdogarga 16 ming AQSH dollari berishni rejalashtirgan. Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid