add

YouTube 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun jonli efir cheklovlarini kuchaytirdi

27.06.2025 | 12:001763

YouTube 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun jonli efir cheklovlarini kuchaytirdi
YouTube 2025 yil 22 iyuldan boshlab xavfsizlik siyosatida yangi cheklovlarni joriy etmoqda. Endi platformada mustaqil ravishda jonli efir olib borish uchun minimal yosh chegarasi 16 yosh etib belgilandi. 13–15 yoshli foydalanuvchilarga strim faqat katta yoshli shaxs ishtirokida amalga oshirishga ruxsat beriladi. Agar katta yoshli shaxs kadrda ko‘rinmasa yoki kanalning egasi, tahrirchisi yoki menejeri sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, jonli efir o‘tkazish taqiqlanadi. Bundan tashqari, qoida buzilsa, chat yopilishi, efir imkoniyatlari cheklanishi yoki jonli efir butunlay o‘chirilishi mumkin. YouTube bu cheklovlarning asosiy sababini rasman ochiqlamadi. Ammo platformaning ta’kidlashicha, bu qaror o‘smirlarni shaxsiy ma’lumotlar tarqalishi, chatdagi noxush muloqotlar va boshqa raqamli xavflardan himoya qilish maqsadida qabul qilingan. YouTube strimni «oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan format» sifatida baholaydi va uni nazorat qilishda kattalarning ishtiroki muhim ekanini qayd etmoqda. Ushbu choralar yangi blogerlar uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ammo platforma bolalar xavfsizligini ustuvor deb hisoblaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida onlayn zo‘ravonlik va kiberbulling bo‘yicha murojaatlar soni 18 foizga oshgan.

Teglar

Mavzuga oid

YouTube 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun jonli efir cheklovlarini kuchaytirdi | Vaqt.uz