add

YouTube’ga kirish cheklanishi Rossiyada televizor ko‘rish darajasini oshirdi

18.09.2025 | 17:0044113

YouTube’ning bloklanishi Rossiyada ko‘p yillik televideniyedan uzoqlashish tendensiyasini to‘xtatdi. Jamoatchilik qaytadan ekran oldiga qaytmoqda.

YouTube’ga kirish cheklanishi Rossiyada televizor ko‘rish darajasini oshirdi
2024 yilda Rossiya hukumati tomonidan YouTube’ga kirish cheklanganidan so‘ng, mamlakatdagi teleko‘rsatuvlar auditoriyasida keskin pasayish to‘xtadi. Mediascope ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yildan beri ilk bor umumiy teletomoshabinlar ulushi o‘sdi — 2023 yilning yozida bu ko‘rsatkich 60,2 foiz bo‘lsa, joriy yilning iyun–avgust oylarida 59 foizni tashkil qildi. Bu, ayniqsa, faqat pasayish qayd etilayotgan besh yil ichida katta burilish hisoblanadi. Masalan, 2020 yili televizor ko‘ruvchilar ulushi 63,3 foizni tashkil etgan, keyingi yillar davomida esa muttasil kamayib borgan. Xususan, reyting ham ilk bor 12 foiz darajasida saqlandi — bu o‘tgan yil bilan bir xil. YouTube dastlab shaxsiy kompyuterlarda sekinlashtirilgan, keyinroq esa butunlay bloklangan. Rasmiylar buni avval serverlardagi muammo, so‘ngra — «qonunbuzarlik va davlatga hurmatsizlik» sifatida izohlagan. Google esa bunday texnik muammolarni rad etgan. Tomoshabinlarning telekanallarga qaytishi bilan birga, «Perviy kanal» kabi markaziy kanallar auditoriyasini yo‘qotishda davom etmoqda. Mediascope’ga ko‘ra, NTV o‘z tomoshabinlarining 13 foizini yo‘qotgan, «Perviy kanal» esa ilk bor kunlik auditoriya bo‘yicha 5-o‘ringa tushib ketgan. Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan beri «Perviy» qariyb 25 foiz auditoriyasini yo‘qotgan.

Teglar

Mavzuga oid