add

Yoz chillasining navbatdagi haftasi ham jaziramada o‘tadi

14.07.2025 | 15:004495

Kelayotgan haftada O‘zbekistonda ob-havo anomal darajada issiq bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet xabar berishicha, havo harorati +44 darajagacha chiqishi mumkin.

Yoz chillasining navbatdagi haftasi ham jaziramada o‘tadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 16 iyulda +20...+25 daraja, 17-19 iyulda +22...+27 daraja, kunduzi 16 va 19 iyulda +36...+41 daraja, 17-18 iyulda +38...+43 daraja bo‘ladi. Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja; 17 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +38...+43 daraja; 18 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +39...+44 daraja; 19 iyulda kechasi +25...+30 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 iyulda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja; 17-18 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 daraja; 19 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42+ daraja; 17 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +39...+44 daraja; 18-19 iyulda kechasi +24...29 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-17 iyulda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja; 18 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 daraja; 19 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 17-19 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 16 iyulda +27...+32 daraja, 17-19 iyulda +30...+35 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Yoz chillasining navbatdagi haftasi ham jaziramada o‘tadi | Vaqt.uz