add

Yoz hali chekinmadi, hafta oxirida harorat yana ko‘tariladi

04.08.2025 | 11:006982

Kelasi haftada mamlakatning ba’zi hududlarida yozning issiq kunlari kuzatilishi kutilmoqda. Havo asosan biroz bulutli va quruq bo‘ladi. Tog‘li hududlar va Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yoz hali chekinmadi, hafta oxirida harorat yana ko‘tariladi
Shamol asosan sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim kunlari chang‘-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat hafta davomida yuqori bo‘lib, ayniqsa 8–9 avgust kunlari issiqlikning cho‘qqisiga chiqishi kutilmoqda. Bu kunlarda janubiy viloyatlar va cho‘l hududlarida havo harorati 40–42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida kechasi 19–24 daraja, kundasi 33–38 daraja bo‘ladi, 9 avgustda 35–40 darajagacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 21–26 daraja, kundasi 35–40 daraja, 9 avgustda 37–42 darajagacha isiydi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi 19–24 daraja, kundasi 32–37 daraja, 9 avgustda 34–39 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 19–24 daraja (cho‘l hududlarda 26–29 daraja), kundasi 33–38 daraja, 8–9 avgustda 37–42 darajagacha isiydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 18–23 daraja, kundasi 31–36 daraja, 8 avgustda 35–40 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kechasi 13–18daraja, kundasi 23–28 daraja, 8–9 avgustda 25–30 daraja havo harorati kuzatiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Yoz hali chekinmadi, hafta oxirida harorat yana ko‘tariladi | Vaqt.uz