add

Yukni ortiqcha olsang — jarimaga tushasan: trassalarga elektron tarozilar o‘rnatilyapti

16.07.2025 | 21:2049471

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, O‘zbekistonda yo‘l harakati nazoratini kuchaytirish maqsadida avtomobil yo‘llariga elektron tarozilar o‘rnatish boshlandi. Bu tizim ortiqcha yuk olib harakatlanayotgan haydovchilarni aniqlash va jarima solish imkonini beradi.

Yukni ortiqcha olsang — jarimaga tushasan: trassalarga elektron tarozilar o‘rnatilyapti
O‘zbekistonda yuk tashish qoidalarini buzish holatlarini oldini olish maqsadida trassalarga zamonaviy elektron tarozilar o‘rnatilishi boshlandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolavhalar tarqaldi. Kadrlarda ko‘rinadiki, maxsus moslamalar avtomobil yo‘lida o‘rnatilayotgan bo‘lib, haydovchilarning yuk miqdori qonun bilan belgilangan chegaradan oshgan taqdirda jarimaga tortiladi. Video muallifining so‘zlariga ko‘ra, mazkur texnikani o‘rnatishda xitoylik mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning aksariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

Teglar

Mavzuga oid