add

Zarar ko‘rgan samolyotlarni tuzatsa bo‘ladi — Rossiya TIV

06.06.2025 | 21:207822

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi kunlarda tarqatilgan ma’lumotlarga javoban strategik aviatsiyaga tegishli samolyotlar butkul yo‘q qilinmaganini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, shikastlangan uchuvchi apparatlar belgilangan tartibda ta’mirlanib, yana foydalanishga tayyor holga keltiriladi.

Zarar ko‘rgan samolyotlarni tuzatsa bo‘ladi — Rossiya TIV
«Hech qanday yo‘q qilish bo‘lmagan. Zarba oqibatida ayrim uskunalar shikastlangan, lekin ularni tiklash mumkin. Bular strategik parvozlarga ta’sir qilmaydi», — deyiladi TIV bayonotida. Rossiya tomoni bunday xabarlarni AQSH va G‘arbdagi axborot manbalari tomonidan «psixologik bosim» va «manipulyatsiya» deb baholadi. TIV vakilining aytishicha, bunday ma’lumotlar Rossiyaning mudofaa qobiliyatiga putur yetkazish uchun ataylab tarqatiladi. Ma’lumot uchun: avvalroq AQSH OAVda Rossiyaning strategik havo kuchlariga mansub bir necha samolyot Ukraina tomonidan amalga oshirilgan zarbada yo‘q qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayrim manbalar bu orqali Rossiyaning yadroviy tiyib turish salohiyatiga zarba berilganini iddao qilgan. Tashqi ishlar vazirligi esa bu kabi bayonotlarni rad etar ekan, Rossiya harbiy salohiyati barqarorligini va strategik qurollar doim nazorat ostida ekanini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz