add

Zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tgan shaxslar ushlandi

10.09.2025 | 10:0017903

Farg‘onada tezkor tadbir davomida chegara orqali noqonuniy olib kelingan 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi.

Zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tgan shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda qimmatbaho tilla zargarlik buyumlari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan shaxs qirg‘izistonlik odam orqali «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasidagi aylanma yo‘llardan mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan zargarlik buyumlarini qabul qilgan. Ushbu tovarlarni moddiy manfaat evaziga Farg‘ona shahrida kutib turgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan shaxsga yetkazib berish vaqtida ularning ikkalasi ham qo‘lga olingan. Tilladan yasalgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 5 kg 706 gramm bo‘lib, dastlabki hisobga ko‘ra qiymati 5 mlrd 746 mln so‘mga yetgani aniqlangan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq qimmatbaho metallar va toshlarga oid huquqbuzarliklar haqida «Soliq» mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foiz miqdorida mukofot to‘lanishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid