add

Zelenskiy, fon der Lyayen va Yevropa rahbarlari Tramp bilan uchrashadi

17.08.2025 | 20:0013665

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropaning qator davlatlari rahbarlari 18 avgust kuni Oq uydva AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda uchrashadi.

Zelenskiy, fon der Lyayen va Yevropa rahbarlari Tramp bilan uchrashadi
Ursula Fon der Lyayen o‘zining X sahifasida yozishicha, u Zelenskiy taklifiga ko‘ra mazkur sammitga qo‘shiladi. Uning aytishicha, 17 avgust kuni Bryusselda Zelenskiy bilan suhbat o‘tkazib, «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» videokonferensiyasida birgalikda ishtirok etadi. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa ittifoqi Ukrainani qancha zaruriyat bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilmoqda. «Biz Ukrainani ham, Yevropaning hayotiy xavfsizlik manfaatlarini ham himoya qilish uchun mustahkam xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishimiz kerak. Ukraina o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolishi lozim. Ukraina qurolli kuchlarining ko‘lamiga hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi kerak. Shu jumladan, uchinchi davlatlar bilan harbiy hamkorlik masalasida ham». Fon derlyayanga ko‘ra, Ukraina potensial bosqinchilar «yuta olmaydigan» «po‘lat kirpi»ga aylanishi kerak. «Yevropa Ittifoqi AQSH prezidenti Donald Trampning NATOning Beshinchi moddasi doirasida Ukrainaga yengilroq kafolatlar berishga qaratilgan tashabbusini olqishlaydi. Hududiy masalalarda xalqaro chegaralarni kuch bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu qarorlarni faqat Ukraina qabul qilishi mumkin va Ukrainadan boshqa hech kim. Bu qarorlar Ukrainasiz muzokara stolida qabul qilinmasligi kerak. Qonxo‘rlik davom etar ekan, Yevropa ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini davom ettiradi. Biz allaqachon 18 ta sanksiyalar paketini ma’qulladik va sentyabr boshida qabul qilinishi kerak bo‘lgan 19-paketga tayyorgarlikni tezlashtirmoqdamiz», — dedi Yevrokomissiya prezidenti. Sky News ma’lumotiga ko‘ra, Vashingtonga Germaniya kansleri Fridrix Mers va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ham yo‘l oladi. Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb tashrifini tasdiqladi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham sammitda qatnashishi kutilayotgani aytilgan. Bild nashri esa Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham Vashingtonga tashrif buyurishi ehtimolini qayd etdi. Yevropa rahbarlari Tramp-Zelenskiy uchrashuvida yana dahanaki jang bo‘lishining oldini olish maqsadida shaxsan ishtirok etishayotgani aytiomlqda. Avvalroq Zelenskiy 18 avgust kuni Vashingtonda Tramp bilan uchrashishi haqida xabar bergan (https://vaqt.uz/2025/08/16/zelenskiy-18-avgust-kuni-vashingtonda-tramp-bilan-uchrashadi/) edik.

Teglar

Mavzuga oid