add

Zelenskiy: «Putin Yevropaning boshqa bir davlatiga hujum qilishga tayyorlanmoqda»

28.09.2025 | 21:0217794

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni Ukraina bilan cheklamay, Yevropa davlatlariga ham yoyishi mumkin.

Zelenskiy: «Putin Yevropaning boshqa bir davlatiga hujum qilishga tayyorlanmoqda»
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya NATO mudofaasiga bosim o‘tkazish maqsadida Yevropa hududiga dronlar yo‘llayapti. Uning fikricha, bu kattaroq to‘qnashuv uchun tayyorgarlikning belgisi hisoblanadi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevropa osmoni mudofaasini sinab ko‘rmoqda, bu esa Daniya, Polsha va Ruminiya ustidan o‘tgan dronlar orqali tasdiqlandi. Shuningdek, Estoniya havo hududiga rus samolyotlari buzib kirgani ham qayd etilgan. 26 sentyabr kuni kechasi Daniyadagi, 27 sentyabr kuni esa Norvegiyadagi harbiy bazalar ustidan dronlar parvoz qilgani qayd etilgan. Zelenskiy Yevropa davlatlari bunday tahdidga qarshi samarali chora topishda qiynalayotganini bildirdi. Uning aytishicha, Ukraina oy boshida Polshaga yo‘naltirilgan 92 ta dronni aniqlagan, ularning katta qismi yo‘q qilingan, biroq 19 tasi Polshaga o‘tib ketgan. Varshava to‘rtta dronni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari Ukraina tajribasidan o‘rganish uchun noma’lum davlatlar vakillarini Kiyevga yubormoqda. «Biz o‘z bilim va tajribamizni o‘rtoqlashishga tayyormiz», dedi u. Shu bilan birga, Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi doirasida AQSH prezidenti Donald Tramp bilan «juda yaxshi» uchrashuv o‘tkazganini qayd etdi. Unga ko‘ra, Tramp Ukraina NATO yordamida 2022 yildan beri yo‘qotgan barcha hududlarini qaytarishiga ishonch bildirgan. Ukraina oxirgi oylarda Rossiya neft qayta ishlash zavodlariga mahalliy ishlab chiqarilgan dronlar bilan zarbalar berib kelmoqda. Zelenskiy Kreml qishda Ukraina energetika tizimini vayron qilishga urinsa, «Moskvaning o‘zi qorong‘ilikka botishi mumkin», deb ogohlantirdi.

Teglar

Mavzuga oid