add

Zelenskiy: Ukraina hech qachon hududiy bo‘linishga rozi bo‘lmaydi

10.08.2025 | 10:4522563

Kiyev Donetskdan chiqishni Xerson va Zaporijjyadan Rossiya qo‘shinlari to‘liq chiqishiga bog‘lashi mumkin, ammo Zelenskiy bu talablarini qat’iy himoya qilmoqda.

Zelenskiy: Ukraina hech qachon hududiy bo‘linishga rozi bo‘lmaydi
The Wall Street Journal yozishicha, Ukraina Donetsk oblastidan chiqish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor, ammo bunga javoban Rossiya qo‘shinlari Xerson va Zaporijjya oblastlaridan to‘liq tark etishi shart. Bu ehtimoliy «o‘zaro almashinuv» xalqaro muzokaralar doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Ukraina hududlarini bo‘lish haqidagi istaklarini keskin rad etdi. «Bu istaklar shunchaki istak bo‘lib qoladi, to ukrainlar yelkama-yelka turishda davom etsa», — dedi u. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qrim, Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson ustidan nazoratni qonuniylashtirishni xohlamoqda, ammo Ukraina hech qachon bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ukraina rahbari AQSH bilan aloqalar turli darajada qariyb sutkabo‘yi davom etayotgani, ammo barcha tafsilotlar oshkor etilmasligini qayd etdi. The Economist manbalariga ko‘ra, Putin 15 avgustda Alyaskada bo‘lib o‘tadigan Tramp bilan uchrashuv oldidan havo va dengizda cheklangan otashkesim taklif qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, muzokaralarda keng qamrovli kelishuv ham muhokama qilinishi mumkin — u mojaroni muzlatishning umumiy yo‘nalishlarini belgilashi ehtimoldan xoli emas.

Teglar

Mavzuga oid