20-martdan maktablarda bahorgi ta’til boshlanadi
Бугун 11:001 дақиқа
O‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan 28-martga qadar davom etadi.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 20-martdan 28-martgacha davom etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, ta’til Ramazon hayiti munosabati bilan 20-martdan boshlanadi. 20-mart (juma) va 28-mart (shanba) kunlariga to‘g‘ri kelgan dars mashg‘ulotlari bekor qilinmaydi. Ushbu darslar o‘quv dasturiga muvofiq 4-chorak davomida tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘quv yilining 4-choragi 30-mart, dushanba kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z bayramida necha kun dam olishi ma’lumot berilgan edi.





