500 ming so‘mlik banknot haqidagi xabarlar asossiz — Markaziy bank

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 500 ming so‘mlik yangi banknot muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

500 ming so‘mlik banknot haqidagi xabarlar asossiz — Markaziy bank © markaziy bank

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi va unda Mirzo Ulug‘bekning surati tushirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank ushbu ma’lumotni asossiz deb baholadi.

Regulyator bayon qilishicha, hozirda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish rejasi ko‘zda tutilmagan.

«Bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan», deyiladi bank izohida.

Ma’lumot uchun, «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonunning 39-moddasiga ko‘ra, pul belgilarining nominal qiymati faqat regulyator tomonidan belgilanadi. Shuningdek, qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank mamlakatda pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega.

Yangi pul belgisini chiqarish faqat Senat tomonidan tasdiqlangandan keyin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Shu bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar rasmiy manbalar orqali taqdim etiladi.

Теглар

Мавзуга оид