Logo

Antireyting: qaysi idoralar murojaatlarni eng ko‘p kechiktirdi?

Бугун 13:381 дақиқа

Xalq qabulxonasi hisobotiga ko‘ra, 1070 ta murojaatni ko‘rib chiqishda kechikishlar qayd etildi.

Antireyting: qaysi idoralar murojaatlarni eng ko‘p kechiktirdi? © манба: Андижон вилояти ҳокимлиги

O‘zbekistondagi 41 ta vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonasi ma’lum qildi.
 
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Xalq qabulxonasi tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish, mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish talabi bilan nazorat xatlari yuborilgan.
 
 
Antireyting
 
Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida  murojaatlarning ijro muddatlarini eng ko‘p buzgan TOP-10 hokimliklar, vazirlik va idoralar ro‘yxati:

photo_2026-06-07_13-38-58

 

Jazo choralari


Ayni paytda aniqlangan holat bo‘yicha tashkilot va idoralarda ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 19 nafar xodim lavozimidan ozod etildi.
 
Shuningdek, PF-51-son Farmon talablari asosida 600 ga yaqin murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan hamda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan 13 ta vazirlik va idoralarga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.

Теглар

Мавзуга оид