AQSH Eronga qarshi urushning dastlabki kunlarida raketalar zaxirasini sarflab yubordi

Vashington Eronga qarshi 100 soat davom etgan zarbalar davomida yillarga mo‘ljallangan muhim o‘q-dorilarni ishlatib bo‘ldi. Pentagon qo‘shimcha 50 milliard dollar miqdorida moliyalashtirish uchun so‘rov tayyorlamoqda.

AQSH Eronga qarshi urushning dastlabki kunlarida raketalar zaxirasini sarflab yubordi

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarshi urush boshlanganidan beri ko‘p yillarga mo‘ljallangan muhim o‘q-dorilar zaxirasining katta qismini sarflab yubordi. Bu haqda manbalariga tayanib, bugun, 13-mart kuni «Financial Times» (FT) xabar berdi.

Gap «Tomahawk» uzoq masofali qanotli raketalari haqida ketmoqda. «Center for Strategic and International Studies» (CSIS) hisob-kitoblariga ko‘ra, janglarning dastlabki 100 soati davomida AQSH 168 ta shunday raketa ishlatgan. Amerikalik kongressmenlardan birining aytishicha, bu zaxiralarni qayta to‘ldirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

Milliardlab xarajatlar

AQSHning Eron bilan urushining dastlabki olti kunidagi umumiy xarajatlari kamida 11,3 milliard dollarga baholanmoqda. Bu ma’lumotlar 11-mart kuni «Reuters» xabar berishicha, AQSH Kongressida o‘tkazilgan yopiq brifingda taqdim etilgan.

Yaqin kunlarda Pentagon Oq uy va Kongressga qo‘shimcha 50 milliard dollar miqdorida moliyalashtirish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishi kutilmoqda.

12-mart kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt AQSH qurolli kuchlarida Eronga qarshi operatsiya maqsadlariga erishish uchun «keragidan ham ko‘p» qurol va o‘q-dorilar mavjud ekanini ma’lum qildi.

Теглар

Мавзуга оид