AQSH va Isroilning Eronga harbiy zarba berishi ortidan bitkoin narxi keskin tushib ketdi
Isroil va Qo‘shma Shtatlar shanba kuni erta tongda Eronga qo‘shma zarba berdi, bu esa mintaqaviy keskinlikning jiddiy kuchayishidan darak berdi. Bitkoin ushbu xabarga keskin munosabat bildirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 63 000 dollargacha quladi va kunlik yo‘qotishlarni deyarli 7 foizga yetkazdi.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats operatsiyani “ogohlantiruvchi zarba” deb ta’rifladi. Isroil hukumati Eronning uchuvchisiz uchoqlar (dronlar) va ballistik raketalar yordamida javob qaytarishi ehtimolidan ogohlantirib, mamlakat miqyosida favqulodda holat e’lon qildi. 1-mart sanasiga kelib esa Eron Oliy rahnamosi o‘ldirilgani rasman e’lon qilindi.
AQSH va Eron o‘rtasidagi urush rasman boshlandi
OAV ma’lumotiga ko‘ra, zarba Vashington va Quddus tomonidan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Rasmiylarning qayd etishicha, ushbu harakat ular bevosita tahdid deb hisoblagan xavfga “qarshi kurashishga” qaratilgan.
Bu qaror AQSH va Eron o‘rtasida bir necha haftadan beri kuchayib borayotgan keskinlik ortidan qabul qilindi. Vashington Tehronni Amerika fuqarolarini siyosiy bosim o‘tkazish maqsadida ushlab turganlikda ayblab, Eronni “Adolatsiz hibsga olishning davlat homiysi” deb e’lon qildi. Shu bilan birga, AQSH mintaqa bo‘ylab zamonaviy qiruvchi samolyotlar va qo‘shimcha kuchlarni joylashtirib, Isroil bilan hamkorlikda havodan zarbalar berishni boshladi.
Bitcoin narxi quladi va hafta davomidagi o‘sishni yo‘qqa chiqardi
Zarba berilgani haqidagi xabardan so‘ng bitkoin narxi keskin pasaydi. Kriptovalyuta bir kecha-kunduzda 6 foizdan ko‘proqqa arzonlashib, qariyb 63,3 ming dollargacha tushdi.
Bu pasayish so‘nggi tiklanish urinishlarini puchga chiqardi va o‘tgan oydagi umumiy zaiflikni yanada kuchaytirdi. Aftidan, treyderlar keng ko‘lamli mintaqaviy mojaro xavfi tufayli riskli aktivlardan voz kechmmoqda.
Biroq Eron Oliy rahnamosi Ali Xomaneiyning o‘ldirilgani Isroil, AQSH, Eron rasmiylari tomonidan rasmiy tan olingandan so‘ng Bitkoin narxi kutilmaganda qayta tiklanishni boshlagan va hozirda 68 ming dollar atrofida baholanmoqda.





