AQSH yadroviy arsenali haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi: 2026 yil holati

AQSH Mudofaa vazirligi o‘z ixtiyoridagi yadroviy jangovar kallaklar soni va modernizatsiya rejalari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 2026 yil holatiga ko‘ra AQSH arsenalining tarkibi va dunyodagi yadroviy vaziyat tahlili.

AQSH yadroviy arsenali haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi: 2026 yil holati

AQSH Mudofaa vazirligi ixtiyorida ballistik raketalar va strategik bombardimonchi samolyotlar orqali yetkazib berishga mo‘ljallangan taxminan 3,7 mingta yadroviy jangovar zaryad zaxirasi mavjud. Bu haqda Amerika olimlari federatsiyasi (FAS) tadqiqotida keltirilgan. Unda 2026-yilning fevral oyiga oid ma’lumotlar keltirilgan.

Qayd etilishicha, o‘q-dorilar soni o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan. Umumiy 3,7 mingta jangovar kallakdan faqat 1,77 mingtasi tashuvchi vositalarga joylashtirilgan, 1,93 mingtasi esa zaxirada turibdi. Yana 1,34 mingta qurolli kuchlar safidan chiqarilgan jangovar kallaklar yo‘q qilinishini (utilizatsiya) kutmoqda. Ularni hisobga olgan holda, AQSH yadroviy arsenalining umumiy hajmi 5 ming donaga yetadi.

Joylashtirilgan jangovar kallaklarning 400 tasi Montana, Shimoliy Dakota va Vayoming shtatlaridagi bazalarda Minuteman III qit’alararo ballistik raketalariga (QBR) o‘rnatilgan, 970 tasi esa ballistik raketalarga ega suvosti kemalarida joylashgan. Bundan tashqari, 300 tasi AQSHdagi strategik aviatsiya bazalarida saqlanmoqda va taxminan 100 ta taktik yadroviy bombalar Turkiya, Italiya, Belgiya, Germaniya hamda Niderlandiyadagi Yevropa bazalariga joylashtirilgan.

ss

FAS qayd etishicha, AQSH yadroviy uchlikning (triada) barcha uchta komponentiga daxl qiluvchi keng ko‘lamli modernizatsiya dasturini boshlagan. Kelgusi o‘n yilliklarda yetkazib berish tizimining har bir elementi yangi versiyalarga almashtiriladi.

2026-moliyaviy yil uchun budjet so‘rovi strategik yadroviy kuchlar va yadroviy infratuzilma uchun taxminan 60 milliard dollar ajratishni ko‘zda tutadi. Kongress qo‘shimcha 2 milliard dollarlik moliyalashtirishni ma’qulladi.

Modernizatsiya dasturiga quyidagilar kiradi:

• Minuteman III o‘rniga yangi LGM-35A Sentinel (sobiq GBSD) qit’alararo ballistik raketasini ishlab chiqish. Dastlab raketa 2029 yilning mayigacha boshlang‘ich tezkor tayyorgarlik holatiga kelishi kelashi rejalashtirilgan edi, biroq dastur kechikishlar va xarajatlarning sezilarli darajada oshishiga duch keldi. Endigi maqsadli muddat — 2033 yil.

• Eskirgan kemalarni almashtirish uchun Columbia klassidagi 12 ta atom suvosti kemasini qurish.

• B-2 Spirit o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini ishlab chiqish.

• Bombardimonchi samolyotlarni jihozlash uchun yangi uzoq masofali qanotli raketa (LRSO) yaratish.

FAS bahosiga ko‘ra, 2026-yil boshiga kelib to‘qqizta yadroviy davlat (Rossiya, AQSH, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Pokiston, Hindiston, Isroil, Shimoliy Koreya) birgalikda taxminan 12,3 mingta yadroviy jangovar kallakka ega, ulardan 9,7 mingtasi tezkor arsenallarda mavjud.

Shu bilan birga, 4 mingta jangovar kallak bevosita tashuvchi vositalarga — ballistik raketalar, suvosti kemalari va aviabazalarga joylashtirilgan bo‘lib, bu bir yil oldingiga nisbatan 108 taga ko‘pdir. FAS yadroviy loyihasi rahbari Xans Kristensen Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda mojarolar kuchayib borayotgan bir paytda bu tendensiyani xavotirli signal deb atadi.

Rossiya va AQSH birgalikda dunyodagi yadroviy qurol zaxirasining taxminan 90 foizini nazorat qiladi.

Теглар

Мавзуга оид