AQSHda tarixda ilk bor kvant interneti sinovdan o‘tkazildi

Бугун 09:352 дақиқа

AQSHlik muhandislar kvant kommunikatsiyalari sohasida inqilobiy kashfiyotga qo‘l urishdi. Ikkita mustaqil kvant komputeri dunyoda birinchi marta o‘zaro optik tarzda ulandi. Bu texnologiya yangi davrni boshlab beradimi?

AQSHda tarixda ilk bor kvant interneti sinovdan o‘tkazildi © Sebastian Studio - stock.adobe.com)

Amerikaning «IonQ» kompaniyasi kvant kommunikatsiyalari sohasida ulkan texnologik yutuqqa erishdi. Kompaniya mutaxassislari dunyoda birinchi bo‘lib ion qopqonlari asosida ishlovchi ikkita mustaqil kvant hisoblagichini optik ravishda birlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ushbu tarixiy voqea tijoriy kvant tizimlarini birlashtirishning ilk muvaffaqiyatli namoyishi bo‘ldi. Bunday kashfiyot hisoblashlarni faqatgina bitta protsessor chegarasida emas, balki undan tashqariga olib chiqish va kengaytirish (masshtablash) yo‘lini ochib beradi.

Asosiy muammo qanday hal qilindi?

Muhandislar kvant fizikasidagi eng murakkab vazifalardan birini hal qilishdi — ular ikkita masofaviy tizim o‘rtasida «kvant chigalligi»ni yaratuvchi fotonlarni generatsiya qilish, uzatish va aniqlash jarayonini ta’minlay olishdi.

Eksperiment quyidagi muhim faktlarni tasdiqladi:

Murakkab hisob-kitoblar saqlanib qoladi: Kvant komputerlarini kogerentlikni (tizimning barqarorligini) yo‘qotmasdan taqsimlangan yagona tarmoqqa birlashtirish mumkin.

Tarmoq arxitekturasiga o‘tish: Bu qadam alohida kvant protsessorlaridan yaxlit tarmoq arxitekturalariga o‘tishni anglatadi va global kvant interneti davrini yaqinlashtiradi.

Cheklovlarni yengish: Bitta chipning texnologik cheklovlarini yengib o‘tish eng ulkan va murakkab vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy shartdir.

Hukumat va harbiylarning ishtiroki

Tarmoq kubitlarining muvaffaqiyatli namoyishi «IonQ» uskunalarining ishonchliligi va xatolarga chidamliligini isbotladi. Qayd etish joizki, mazkur tadqiqotlarning bir qismi AQSH hukumati va Harbiy-havo kuchlari tadqiqot laboratoriyasi (Air Force Research Laboratory) ishtirokida moliyalashtirilgan.

Shuningdek, kompaniya davlat va mudofaa tuzilmalari, jumladan, AQSH Mudofaa vazirligining Istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi (DARPA) dasturi doirasida yaqindan hamkorlik qilayotganini va o‘zining federal bo‘linmasini rivojlantirayotganini tasdiqladi.

Теглар

Мавзуга оид