Logo

«Arqadag‘» sharafiga o‘tkazilgan sadaqa go‘sht narxining keskin oshishiga sabab bo‘ldi

Бугун 13:122 дақиқа

Suyakli mol go‘shtining bir kilogrammi may oyidayoq 337,5 ming so‘mdan 455,6 ming so‘mga qimmatlagan edi. Hozir esa uning narxi 506–540 ming so‘mga yetgan.

«Arqadag‘» sharafiga o‘tkazilgan sadaqa go‘sht narxining keskin oshishiga sabab bo‘ldi © Foto: zakon.kz

Turkmanistonnning Arqadag‘ shahrida yangi masjidning davlat ro‘yxatidan o‘tgani haqidagi guvohnomani topshirish munosabati bilan bayramona sadaqa (xayr-ehson) o‘tkazildi. Uning arafasida go‘sht narxi keskin qimmatladi.

Ashxobodliklar narxlar oshishini shu bilan bog‘lamoqdaki, tadbir arafasida viloyatdagi davlat tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, ko‘plab xususiy kompaniyalar masjid qurilishi tashabbuskori, turkman xalqining milliy yetakchisi, sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sadaqa tashkil etishga qaror qilgan. Oqibatda chorva mollari va go‘shtni ommaviy ravishda sotib olish boshlangan va bu, aholi aytishicha, narxlarning keskin ko‘tarilishiga olib kelgan.

Suyakli mol go‘shtining bir kilogrammi may oyidayoq 100 manat (337 ming 510 so‘m)dan 135 manat (455 ming 639 so‘m)ga qimmatlagan edi. Hozir esa uning narxi 150–160 manat (506–540 ming so‘m)ga yetgan.

Go‘sht ortidan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham qimmatlagan. Yaxshi sifatli guruchning ulgurji narxi bir kilogramm uchun 12 manat (40,5 ming so‘m)dan 15 manat (50,6 ming so‘m)ga oshgan. Yil boshida 160 manat (540 ming so‘m)dan sotilgan 1,5 litrlik tabiiy asal hozir 220 manat (742,5 ming so‘m) turadi. Kartoshkaning narxi esa 5–6 manatdan 11 manatga ko‘tarilgan. 1,5 litrlik olti shishadan iborat «Berzengi» gazlangan suvi blokining ulgurji narxi 22 manatdan 25 manatga oshgan.

«Xroniki Turkmenistana» muxbirlarining xabar berishicha, Ashxobodda ko‘plab oilalar bir necha yildan beri faqat davlat savdo tarmog‘ida kilosi 35 manatdan sotiladigan muzlatilgan tovuq go‘shti, shuningdek, xuddi shu narxdagi muzlatilgan blokli buyvol go‘shtini xarid qilish imkoniyatiga ega.

Turkmanoboddagi mahalliy bozorlarda muzlatilgan buyvol go‘shtini xarid qilish uchun katta navbatlar paydo bo‘lgan. Poytaxtdan farqli o‘laroq, nisbatan arzon ushbu go‘sht shaharda kam uchraydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonda prezidentning amakivachchasiga tegishli bo‘lgan tijoriy binolar buzib tashlangandi.

Теглар

Мавзуга оид

«Arqadag‘» sharafiga o‘tkazilgan sadaqa go‘sht narxining keskin oshishiga sabab bo‘ldi | Vaqt.uz