Logo

Bolalarga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Кеча 23:201 дақиқа

Prezident huzurida ayrim fuqarolar tomonidan voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berilayotgani, bu esa yo‘llarda o‘lim va jiddiy jarohat olish holatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Bolalarga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi © Foto: t.me/YHXX_UZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan taqdimotda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimotda ayrim fuqarolar tomonidan voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berilayotgani qayd etildi. Ta’kidlanishicha, bunday holatlar yo‘llarda o‘lim va jiddiy jarohat olish bilan bog‘liq hodisalarga sabab bo‘lmoqda.

Muhokamalar davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash va og‘ir oqibatli avariyalarning oldini olish uchun yangicha yondashuvlar zarurligi ta’kidlandi.

Yo‘llarda xavfsizlik

Taqdimotda buning uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hukumat darajasida yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Prezident mazkur takliflarni ma’qulladi va inson hayoti hamda xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Теглар

Мавзуга оид