Logo

Bu yilgi Mustaqillik bayramiga ijtimoiy tarmoqlarda qanday fikrlar bildirildi?

Бугун 12:011 дақиқа

Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik bayrami bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga tarmoqlarda foydalanuvchilar fikrlar yozib qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayramiga ijtimoiy tarmoqlarda qanday fikrlar bildirildi?

28-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi. Bayram tomoshasi davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida jonli efirga uzatildi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlar va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

2


O‘tgan 35 yil davomida mustaqillikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof etildi. Xususan, davlat rahbari birinchi prezident Islom Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yodga oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari samimiy va iliq fikrlar bildirdi.

3

Теглар

Мавзуга оид