Buxoroda tadbirkor tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 262 mln so‘m zarar yetkazdi
Бугун 14:051 дақиқа
Fuqaro xonadonida qum yuvish faoliyati bilan shug‘ullanib, tabiiy gazdan tijorat maqsadida foydalangan.
© O‘zenergoinspeksiyaBuxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tumandagi «Baraka» MFYda yashovchi A.S. xonadonida qum yuvish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan va bu jarayonda tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangan.
Aniqlangan holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz uchun 262 million 310 ming so‘m zarar hisoblangan. Holatga oid hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq metan «zapravka»lar yopilishi haqidagi xabarlar benzin narxiga ta’sir qilayotgani ma’lum qilingandi.





