Logo

Buyuk Britaniyada «Masha va Ayiq» multfilmi Rossiyaning «yumshoq kuchi» sifatida baholanmoqda

Бугун 16:551 дақиқа

Deputatlar mazkur multfilmni yosh bolalar ongiga ta’sir qiluvchi, sovet harbiy ramzlarini normallashtiruvchi yashirin tashviqot vositasi deb hisoblagan.

Buyuk Britaniyada «Masha va Ayiq» multfilmi Rossiyaning «yumshoq kuchi» sifatida baholanmoqda

Buyuk Britaniya parlamentidagi turli partiyalar vakillaridan iborat deputatlar guruhi mamlakat striming platformalarida «Masha va Ayiq» multfilmining translyatsiyasini to‘xtatish tashabbusi bilan chiqdi. Ular mazkur animatsion serialni Rossiyaning «yumshoq kuchi» va tashviqot vositasi deb hisoblamoqda. Bu haqda «The Guardian» nashri xabar berdi.

Madaniyat vaziri Liza Nandi nomiga yo‘llangan va 50 dan ortiq deputat imzolagan murojaatnomada to‘rt yoshli Mashaning ayrim xatti-harakatlarida ochiq tashviqot mazmuni borligi aytiladi. Deputatlar qahramonning sovet davri harbiylari va NKVD chegarachilari bosh kiyimida namoyon bo‘lishini yosh bolalar auditoriyasi uchun sovet harbiy ramzlarini «normallashtirish» sifatida baholagan. Hozirda ushbu serial Netflix platformasi va ITV'ning raqamli kanali bo‘lgan ITVX orqali namoyish etilmoqda.

Ishlab chiqaruvchilarning munosabati

Bunga qadar Ukrainaning Dezinformatsiyaga qarshi kurashish markazi va Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna ham multfilmni Kremlning militaristik g‘oyalarini singdiruvchi qurol sifatida tanqid qilgan edi.

«Animaccord» studiyasi esa ushbu ayblovlarni qat’iyan rad etdi. Studiya vakili Melani Bonvichinoning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hech qanday siyosiy xabar tashimaydi va davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan to‘liq xususiy biznes hisoblanadi.

Buyuk Britaniyaning Madaniyat, media va sport ishlari bo‘yicha departamenti hamda ITV hozircha bu masala yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Теглар

Мавзуга оид