Cobalt sotuvi kamaysa ham ishlab chiqarish o‘smoqda

Бугун 13:252 дақиқа

2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi. Biroq uning sotuvlari o‘tgan yilga nisbatan 25,1 foiz kamaydi.

Cobalt sotuvi kamaysa ham ishlab chiqarish o‘smoqda

2026 yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda avtomobil bozorida qarama-qarshi tendensiyalar kuzatildi: ayrim modellarda sotuvlar pasaygan bo‘lsa ham ishlab chiqarish hajmlari oshishda davom etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarda ko‘rish mumkin.

Jami ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, yengil avtomobillar soni 57 334 donadan 64 221 donaga yetdi. Bu umumiy segmentda barqaror o‘sish saqlanayotganini anglatadi. Yuk avtomobillari ham 534 donadan 642 donagacha oshgan.

Alohida modellar kesimida qaralganda, eng katta o‘sish Cobalt'da kuzatildi. Uning ishlab chiqarish hajmi 19 461 donadan 23 216 donagacha ko‘tarildi. Shuningdek, Haval 1 117 donadan 2 405 donaga, BYD esa 1 912 donadan 3 165 donagacha o‘sdi.

Tracker modelida ham ijobiy dinamika saqlanib, ishlab chiqarish 5 837 donadan 6 210 donagacha oshdi. Maxsus yengil avtomobillar segmenti esa deyarli ikki barobar o‘sib, 3 812 donadan 6 380 donaga yetdi.

Shu bilan birga, ayrim modellarda pasayish kuzatildi. Jumladan, Damas ishlab chiqarish hajmi 12 983 donadan 12 301 donaga tushdi. Onix 6 718 donadan 5 215 donaga, KIA 4 102 donadan 4 039 donaga, Chery esa 1 392 donadan 1 290 donaga kamaydi.

photo_2026-04-01_09-55-57

Bozordagi holat

2026 yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda jami 57 512 dona avtomobil sotildi.

Sotilgan avtomobillarning 15 mingdan ortig‘ini Cobalt tashkil etdi. Biroq bu ko‘rsatkich 2025 yilning yanvar–fevral oylariga nisbatan 25,1 foizga kamaygan. Ya’ni bir yil ichida Cobalt sotuvi qariyb to‘rtdan biriga qisqargan. Shunga qaramay, ushbu model hanuz bozordagi eng ommabop avtomobil sifatida yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Boshqa modellar kesimida esa turlicha dinamika kuzatildi. Masalan, Onix va Tracker sotuvi mos ravishda 223 foiz va 133 foizga oshgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarishda Onix 6 718 donadan 5 215 donaga tushdi, Tracker esa biroz o‘sib, 6 210 donaga yetdi.

Shu bilan birga, BYD brendi bozorda eng tez o‘sgan ishtirokchiga aylandi. Kompaniyaning umumiy sotuvi 61 foizga oshdi, ayniqsa, BYD Yuan Up modeli 530 foizlik o‘sish bilan ajralib turdi.

Umuman olganda, 2026 yil boshida O‘zbekiston avtomobil bozorida sotuv va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘rtasida farq kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa bozorda yangi raqobat bosqichi boshlanganidan dalolat beradi.

Теглар

Мавзуга оид