Elektromobil egalariga subsidiya joriy etiladi

Бугун 13:251 дақиқа

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash xarajatlarining bir qismini davlat qoplashni rejalashtirmoqda.

Elektromobil egalariga subsidiya joriy etiladi © energyinstitute.jhu.edu

O‘zbekiston Energetika vazirligi elektromobillarni quvvatlantirish infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihani jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Hujjatga ko‘ra, elektromobil egalari uchun elektr energiyasi xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan subsidiya qilinadi.

Taklifga asosan, zaryadlash shoxobchalarida sarflangan 1 kWh elektr energiyasining 300 so‘mdan oshgan qismi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Bu mexanizm 2026 yil 1-maydan joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Xarajatlar prognozi

«Agar II guruh iste’molchilari uchun tarif 1000 so‘m/kW·h darajasida qabul qilinsa, subsidiya miqdori 700 so‘m/kW·h'ni tashkil etadi. Shundan kelib chiqib, Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan xarajatlar hajmi 2026 yilda (to‘liq yil hisobida) 246 mlrd so‘m, 2030 yilga borib esa 819 mlrd so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda», - deyiladi tushuntirish xatida.

Mexanizm va ta’sir

Subsidiyalar fuqarolarning umumiy daromadiga kiritilmaydi va soliqqa tortilmaydi. To‘lovlar har oyda soliq organlari tomonidan «Soliq» mobil ilovasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartalariga o‘tkaziladi.

Joriy yilda ushbu xarajatlar davlat budjeti daromadlarining ortiqcha bajarilishi hisobidan moliyalashtiriladi. Keyingi yillarda esa mablag‘lar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutiladi.

Loyiha muhokamasi 17-mayga qadar davom etadi.

Теглар

Мавзуга оид