Logo

Endilikda sug‘urta shartnomalari faqat elektron shaklda tuziladi

Бугун 18:552 дақиқа

Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyalari endi mijozga xizmat ko‘rsatishdan avval sug‘urtaning barcha shartlari, aniq narxi, to‘lab beriladigan mablag‘ miqdori, shuningdek, ushbu xizmatning nafaqat afzalliklari, balki kamchiliklarini ham ochiq ma’lum qilishga majbur.

Endilikda sug‘urta shartnomalari faqat elektron shaklda tuziladi © vaqt.uz

O‘zbekistonda sug‘urta bozorini tartibga solish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yangi bosqichga olib chiquvchi qonun kuchga kirdi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining ma’lum qilishicha, yangi hujjat bilan 10 ta qonun hujjatiga muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qog‘oz shaklidagi sug‘urta polislari bekor qilindi

Sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarida rasmiylashtirish amaliyoti qonun darajasida butunlay bekor qilindi. Endilikda mamlakatda sug‘urta shartnomalari faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Iste’molchilarni aldash va yashirin shartlar taqiqlandi


Sug‘urta kompaniyalari endi mijozga xizmat ko‘rsatishdan avval sug‘urtaning barcha shartlari, aniq narxi, to‘lab beriladigan mablag‘ miqdori, shuningdek, ushbu xizmatning nafaqat afzalliklari, balki kamchiliklarini ham ochiq ma’lum qilishga majbur.

Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyalari tomonidan mablag‘larni asossiz chiqarib yuborishning oldini olish maqsadida, tizimda moliyaviy kamchiliklar yoki to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari kuzatilganda, kompaniya rahbariyatiga foydani (dividendlarni) ta’sischilar o‘rtasida taqsimlash qonunan taqiqlandi.

Elektron tijorat operatorlari uchun yengillik

Qonun bilan elektron tijorat sohasida xabardor qilish tartiboti kiritildi. Endilikda raqamli platformalar o‘z faoliyatini boshlagani yoki tugatgani haqida vakolatli davlat organini xabardor qiladi, ya’ni ular soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Avvalroq, avtomobilni haydovchilar soni cheklanmagan holda sug‘urtalash mumkin bo‘lishi. Shuningdek, sug‘urta tovonini olish tartibi yengillashtirilib, elektron tijorat sohasi uchun yangi talablar joriy etilgani haqida xabar berilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид