Logo

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Бугун 17:412 дақиқа

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi.

Yangi haftada mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 29,6 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada stavkalar mos ravishda 29,4 va 21,3 foizni tashkil etgandi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,5 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Infinbank» — 24,0 foiz, «Trastbank» — 24,2 foiz, «Asia Alliance bank» — 24,4 foiz va «Milliy bank» — 25,0 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Universal bank» 25,2 foiz, «BRB» va «Agrobank» 26,0 foiz, «Mikrokreditbank», «OFB» va «Xalq banki» 26,8 foiz, «Kapital bank», «Asaka bank» va «Poytaxt bank» 27,0 foiz, «SQB» 27,5 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda «Turon bank» 28,7 foiz, «Garant bank» 28,8 foiz, «Hamkorbank» 30,1 foiz va «Apex bank» 30,8 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipak yuli bank»da 33,1 foiz, «Ipoteka bank»da 33,7 foiz, «Davr bank»da 34,5 foiz, «TBC bank»da 35,4 foiz, «Tenge bank»da 35,5 foiz, «Uzum bank»da 38,0 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz va «Anor bank»da 41,1 foiz bilan qayd etildi.

1



Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,7 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» — 19,9 foiz, «Milliy bank» — 21,0 foiz, «Apex bank» — 21,2 foiz hamda «Ipak yuli bank» va «SQB» — 21,4 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Infinbank» va «Asaka bank» 22,2 foiz, «Turon bank» va «OFB» 22,3 foiz, «Davr bank» 22,6 foiz, «Mikrokreditbank» va «TBC bank» 22,8 foiz, «Garant bank» 23,2 foiz hamda «Asia Alliance bank» 23,7 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.

Yuqori segmentda «Trastbank» 24,1 foiz, «Agrobank» 24,3 foiz hamda «Hamkorbank» 26,6 foiz stavka taklif qilmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha eng yuqori stavka «Hamkorbank»da qayd etilgan.

2

Теглар

Мавзуга оид