Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?
Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.
© ShutterstockMarkaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi.
2026-yil 24-avgust holatiga mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 29,1 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 29,6 va 21,4 foiz bo‘lgandi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 23,0 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Infinbank» — 24,0 foiz, «Asia Alliance bank» — 24,3 foiz, «Trastbank» — 24,4 foiz va «Milliy bank» — 25,0 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «Universal bank» 25,2 foiz, «BRB» 25,3 foiz, «Agrobank» 25,7 foiz, «Mikrokreditbank» 26,8 foiz, «Xalq banki» va «Kapital bank» 27,0 foiz, «Poytaxt bank» va «Asaka bank» 27,2 foiz, «OFB» 27,3 foiz hamda «SQB» 27,5 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.
Yuqori segmentda «Garant bank» 29,4 foiz, «Hamkorbank» 29,8 foiz, «Apex bank» 31,2 foiz va «Madad Invest bank» 31,3 foiz stavka taklif qilmoqda.
Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank»da 33,7 foiz, «Davr bank»da 34,4 foiz, «Ipak yuli bank»da 35,0 foiz, «Tenge bank»da 35,2 foiz, «TBC bank»da 35,3 foiz, «Uzum bank»da 38,0 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz va «Anor bank»da 41,3 foiz bilan qayd etildi.

Avtokreditlar
Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,1 foiz bilan «Ipoteka bank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Aloqabank» — 18,4 foiz, «BRB» — 18,5 foiz, «Apex bank» — 20,1 foiz hamda «Milliy bank» — 20,6 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «SQB» 21,3 foiz, «Mikrokreditbank» 21,9 foiz, «Asaka bank» 22,0 foiz, «Ipak yuli bank» 22,2 foiz, «Turon bank» va «TBC bank» 22,3 foiz, «OFB» 22,4 foiz, «Asia Alliance bank» 23,4 foiz hamda «Trastbank» 23,6 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.
Yuqori segmentda «Davr bank» 24,3 foiz, «Garant bank» 24,6 foiz, «Agrobank» 24,8 foiz va «Poytaxt bank» 24,9 foiz stavka taklif qilmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha eng yuqori stavka «Hamkorbank»da qayd etilgan bo‘lib, u 26,6 foizni tashkil etmoqda.






