Eron urushi: sulh yoki eskalatsiya? | Fikr vaqti
28-fevraldan boshlangan AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi 12 kunga kelib yangi bosqichga kirdi. “Fikr vaqti” dasturida siyosatshunoslar Shuhrat Rasul va Oybek Sirojov bilan bugungi jarayonlarning xulosalari va uning ehtimoliy yakunlari haqida gaplashdik.
28-fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan Eron hududiga amalga oshirilgan havo zarbalari bilan boshlangan urush bugunga kelib Yaqin Sharqning katta qismini qamrab olgan keng ko‘lamli geosiyosiy to‘qnashuvga aylandi. Bir necha hafta ichida raketa, dron va aviatsiya zarbalari nafaqat Eron va Isroil hududlarida, balki mintaqadagi boshqa qator davlatlardagi harbiy bazalar, energetik obyektlar va infratuzilmalarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, bu mojaro bevosita yoki bilvosita tarzda o‘nlab davlatlarning xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlariga ta’sir qilmoqda.
Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda urushayotgan tomonlardan berilayotgan axborot va siyosiy bayonotlar urushning yangi bosqichga kirganini ko‘rsatmoqda. Bu bilan bir vaqtda, shuningdek, turli tomonlardan sulh, kelishuv yoki harbiy operatsiyalar yakunlanishi mumkinligi haqida ham bayonotlar yangrab turibdi. Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, bu – urushning hal qiluvchi bosqichiga yaqinlashganidan darak bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, aslida ham urush yakuni yaqinmi? Agar shunday bo‘lsa, bu qanday ko‘rinishdagi kelishuv yoki geosiyosiy muvozanat bilan yakunlanishi mumkin? Tomonlar qanday shartlar asosida muzokaraga kelishi ehtimoldan xoli emas?
Va bu mojaro Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatiga qanday ta’sir qiladi?
Dasturimizning ayni mavzuga bag‘ishlangan ushbu soni mehmonlari — siyosatshunoslar Shuhrat Rasul va Oybek Sirojov bo‘ldi.
Теглар






