Logo

Futbol bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tadigan U-20 Jahon chempionati sanalari ma’lum bo‘ldi

Кеча 22:521 дақиқа

Mazkur yoshlar mundiali FIFA tarixida birinchi marta turli futbol konfederatsiyalariga a’zo bo‘lgan ikki davlat — O‘zbekiston va Ozarboyjon tomonidan birgalikda qabul qilinadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tadigan U-20 Jahon chempionati sanalari ma’lum bo‘ldi

2027 yili O‘zbekiston va Ozarboyjon mezbonligida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha FIFA U-20 Jahon chempionati 2027 yilning 17-sentabridan 9-oktabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur yoshlar mundiali FIFA tarixida birinchi marta turli futbol konfederatsiyalariga a’zo bo‘lgan ikki davlat — O‘zbekiston va Ozarboyjon tomonidan birgalikda qabul qilinadi. Turnirni o‘tkazish bo‘yicha qaror FIFA Kengashi tomonidan 2025 yilning oktabr oyida qabul qilingan. Unda jami 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.

«Nufuzli musobaqada dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi», — deyiladi O‘FAning rasmiy xabarida.

Теглар

Мавзуга оид