Logo

Germaniya raqibini ayab o‘tirmadi, co‘nggi daqiqalarda durang qayd etgan Yaponiya - sport dayjesti

Бугун 19:153 дақиқа

14-15-iyun kunlari o‘tgan o‘yinlar tafsiloti bilan Vaqt.uzning sport dayjestida tanishing.

GERMANIYANING KYURASAO USTIDAN YIRIK G‘ALABASI

14-iyun oqshomida bo‘lib o‘tgan “E” guruhi 1- turidan joy olgan Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 7:1 hisobida yakunlanib, germaniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Feliks Nmecha hisobni ochib berib, o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi.21-daqiqaga kelib, Kyurasao terma jamoasi vakili Livano Komenensiya javob golini urdi. Shundan so‘ng, 38-daqiqada Niko Shlotterbek nemislarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.Uchrashuvning ilk bo‘limiga qo‘shib berilgan 45+5 daqiqada Kay Xavers penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida, 47-daqiqada Jamal Musiala Germaniyaning to‘rtinchi golini Raqib darvozasiga kiritdi.68-daqiqada esa Nataniyel Braun beshinchi golni urgan bo‘lsa, Deniz Undav 78-daqiqada hisobni 6:1 ga yetkazdi. Nihoyat so‘nggi golni 88-daqiqaga kelib Kay Xavers kiritb, katta g‘alabani rasmiylashtirib qo‘ydi.

Mana buni dramali kechgan o‘yin desa bo‘ladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Germaniya 3 ochko bilan “E” guruhi peshqadamiga aylandi. Kyurasao esa ochkosiz qolib, guruhning so‘nggi pog‘onasidan joy oldi.Endi nemislar 20-iyun kuni Kot-d’Ivuarga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda esa 25-iyun kuni Ekvador bilan kuch sinashadi.Kyurasao esa navbatdagi turda 21-iyun kuni Ekvadorga qarshi bahs olib boradi. Jamoa guruhdagi so‘nggi o‘yinini 25-iyun kuni Kot-d’Ivuarga qarshi o‘tkazadi.


YAPONIYA VS NIDERLANDIYA: DURANG O‘YNALDI

AQSHning Texas shtati, Arington shahrida o‘tgan, “F” guruhining 1-turidan o‘rin olgan Niderlandiya va Yaponiya jamoalari o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O‘yinning debyut golini 50-daqiqada Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk kiritdi.57-daqiqaga kelib Yaponiya hujumchisi Keyto Nakamura hisobni teng holatiga olib keldi.64-daqiqada niderlandiyalik hujumchi Krisensio Sammervill Yevropa vakillarini oldinga olib chiqqan bo‘lsada, 89-daqiqada yaponiyalik yarim himoyachi Dayti Kamada hisobni tenglashtirib qo‘ydi.Yakuniy hisob esa 2:2.
Mazkur uchrashuvdan keyin Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari hisobiga bittadan ochko qo‘shildi. Natijada har ikki jamoa “F” guruhi jadvalining yuqori pog‘onasidan joy oldi.


BIRGINA GOL BILAN QOZONILGA G‘ALABA

Filadelfiya shahridagi “Linkoln Faynenshel Fild” stadionida o‘tgan , “E” guruhining 1-turidan o‘rin olgan Kot-d’Ivuar va Ekvador jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:0 hisobida, Kot-d’Ivuar foydasiga yakunlandi.
Bosh hakam Fransua Leteksiye boshqaruvida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilgani yo‘q.Uzoq urinishlardan so‘ng o‘yinning 90-daqiqasida Kot-d’Ivuar hujumchisi Amad Diallo o‘yindagi yagona golnio Raqib darvozasiga kiritdi.Ushbu g‘alabadan so‘ng jamoa nemislar bilan bir xil ochko to‘plab, to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rindan joy egalladi.

SHVESIYA TUNISNI AYAB O‘TIRMADI

Meksikaning Gvadalupe shahrida joylashgan “BBVA” stadionida bo‘lib o‘tgan, “F” guruhi 1-turidan joy olgan Shvetsiya va Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda shvedlar 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 7-daqiqasidanoq Yasin Ayari shvedlar foydasiga hisobni ochdi.30-daqiqada esa hujumchi Aleksander Isak o‘z jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.O‘yinning 43-daqiqasiga kelganda, tunislik himoyachi Umar Rekik, oldinda keytayotgan Raqib jamoa darvozasiga ilk golni kiritdi.
Ammo ikkinchi bo‘limda Shvetsiya ustunligini to‘liq namoyish etdi. 60-daqiqada tunisliklar o‘z jarima maydoni yaqinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan unumli foydalangan Viktor Dyokeresh hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Uchrashuv yakuniga yaqin esa shvedlar bosimni yanada kuchaytirdi. 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Mattias Svanberg to‘rtinchi golni urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Shvetsiya yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 5:1.

Shu tariqa, 14–15-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar muxlislarga yirik hisoblar, so‘nggi daqiqalardagi dramatik lahzalar va kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Guruhlardagi kurash esa endigina qizimoqda. Oldinda esa jamoalarni yanada muhim va keskin bahslar kutmoqda.

Теглар

Озодбек Абдумўминов

Озодбек АбдумўминовМақолалар сони: 8

Барчаси

Мавзуга оид