Logo

Hokimlarning ichimlik suvi narxini belgilash vakolati hukumatga o‘tkaziladi

Бугун 09:002 дақиқа

Markazlashgan suv ta’minoti iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarda xizmat ko‘rsatish maxsus texnikalarda suv yetkazib berish orqali amalga oshiriladi.

Hokimlarning ichimlik suvi narxini belgilash vakolati hukumatga o‘tkaziladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zbekistonda 2027 yil 1-yanvardan boshlab ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladi. Bu haqda 24-iyul kuni qabul qilingan «Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1-sentabrdan «O‘zsuvta’minot» AJ (Jamiyat)ga foydalanish uchun topshiriladigan barcha ichimlik suvi va oqova suv infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari «Dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli ro‘yxatlarni kelishishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi» elektron platformasida aks ettiriladi.
 
 Jamiyat va uning tizim korxonalari o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tor doiradagi malaka oshirish, o‘qitish va ekspluatatsiyaga oid shartnomaviy munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi.
 
 Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv sohasidagi yangi loyihalarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI/XHMT) qarz va grant mablag‘lari oldindan xarid, retroaktiv va shu kabi boshqa moliyalashtirish usulini tanlagan holda jalb qilinadi.
 
2027 yil 1-yanvardan markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash iqtisodiy jihatdan samarasiz yoki o‘zini oqlamaydigan hududlarda xizmat ko‘rsatish alohida yondashuv asosida (maxsus texnikalarda suv yetkazib berish, shoxobchalarni tashkil etish va shu kabilar) amalga oshiriladi.
 
Tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladi.

Теглар

Мавзуга оид