Ilmiy daraja olishda bir qator talablar bekor qilinadi

Бугун 18:201 дақиқа

Ilmiy faoliyatni soddalashtirish, tadqiqotchilar uchun qulay muhit yaratish va ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida 2027 yildan boshlab dissertatsiya himoyasi va ilmiy daraja berish jarayonidagi bir qator ortiqcha byurokratik talablar bekor qilinadi.

Ilmiy daraja olishda bir qator talablar bekor qilinadi © milliygvardiya.uz

2026 yil 26-may kuni Prezidentning PF–98-sonli «Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Hujjat bilan ilmiy darajalar berish tizimidagi qator tartiblar qayta ko‘rib chiqildi.

Farmonga muvofiq, 2027 yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja olish jarayonidagi bir nechta majburiy bosqichlar bekor qilinadi.

Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;

Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berish;

Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tkazish;

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilish;

Dissertatsiya avtoreferatini chop etish;

Dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida xulosa olish;

Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazish;

Himoya qilingan dissertatsiya bo‘yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;

Ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish. Bunda ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjat uning O‘zbekistondagi faoliyati davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.

Теглар

Мавзуга оид