«Instagram» yozishmalardagi xavfsizlik uchun «WhatsApp»ni tavsiya qilmoqda

«Instagram» shaxsiy yozishmalardagi shifrlashini to‘xtatadi — endi xabarlarni uchinchi shaxslar yoki platforma moderatsiyasi ko‘ra olishi mumkin.

«Instagram» yozishmalardagi xavfsizlik uchun «WhatsApp»ni tavsiya qilmoqda

«Instagram» 2026-yil 8-maydan boshlab shaxsiy xabarlarni «boshidan oxirigacha» shifrlashni (E2EE) qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda «The Werge» nashri Meta vakili Dina El-Kassabi Lyusga tayanib xabar berdi.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, ushbu funksiyadan juda oz foydalanuvchi foydalangani sababli uni bekor qilishga qaror qilingan. «Shifrlashni afzal ko‘radiganlar osongina «WhatsApp»ga o‘tishlari mumkin», — deya qo‘shimcha qilgan Meta vakili.

Foydalanuvchilar uchun ogohlantirish

«Instagram» ma’muryati allaqachon mazkur o‘zgarishdan ta’sirlanadigan chat egalarini xabardor qilishni boshladi. Foydalanuvchilarga shifrlangan yozishmalardagi mediafayllar va xabarlarni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ularni oldindan yuklab olish tavsiya etilmoqda. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlab qolish uchun ilovani so‘nggi versiyagacha yangilash talab etilishi mumkin.

Xavfsizlik masalalari

Ekspertlar mazkur funksiya bekor qilinishi bilan yozishmalar maxfiyligi darajasi pasayishidan xavotirda. Bu xabarlarning uchinchi shaxslar yoki platforma moderatsiyasi tomonidan ko‘rilishi ehtimolini oshiradi.

Теглар

Мавзуга оид